2025-yil 8-Oktabrda birinchi marta O'zbekistondan tashqariga chiqish. Hayajon juda eforiyaga beriladigan darajada emas, chunki o'qish boshlanib ketgan, tezroq borib yetib olish kerak. Lekin kayfiyat yaxshi, juda ko'p narsalar yangi.



Ma’lumot uchun:
- Hozirda Italiyaning Milan shahrida University of Milan (via University of Pavia + University of Milano-Bicocca) universitetlarida joint degree bilan Artificial Intelligence for science and technology yo’nalishida magistraturadaman
Shu 1 oydan beri nima xulosalar oldim/olyabman?
1. Til bilish, tushunish ahamiyati.
- Inglis tili dunyo ta’lim standarti, biznes, texnologiya kabi ijtimoiy yo’nalishlar uchun universal til.
Lekin deyarli har bir Davlatni o’z tili doim birinchi o’rinda turishi muhim ekani. (Qaysi yurtda yashash, sayohat, ilm, ish uchun borilsa shu Davlat tilini ham qiziqib o’rganish doim foydadan holi emas)
2. Soft-skills (odamlar bilan kommunikatsiya).
- Jamiyat bilan muloqotga kirishishda, (tushunmaganlarini so’rash) [Dadam dehqoncha aytganlaridek: Odamlarga qo’shilish] muhim ekanligi.
Shu ko’nikmalarni yaxshilashga doim harakat qilganim uchun: kelganimda hujjatlik ishlarda, turar joy, universitet hujjatlarida ham doimiy yordam berib turgan xalqaro kursdoshlar, kutib olgan, yordam qilgan o’zbek yigitlarni yordami ancha bo’ldi, ko’p vaqtim tejaldi)
3. Ota-ona, yaqinlar, oshna-og'aynilar, uy qadri.
(Musofir bo’lmaguncha Musulmon bo’lmas kishi) degan gapni ozginami ko’pmi ichidan his qilib ko’ryabdi odam. Bu yaxshi muhitdan yomon muhitga yoki tinch joydan notinchda o'tdi ma’nosida emas
4. Moslashib ketish ko’nikmasi (Adaptatsiya)
- Har bir jamiyatni o’z urf odati, qadriyati, madaniyati bor ekanligi. Unga odam o’zini qadriyati doirasida kommunikatsiya qila olishi, odamlarni (ayniqsa bizdek avlod bilan) o’z holaticha gaplashish, fikr almasha olishining o'rni
5. Darslar, Universitet muhiti
- Biz odatda boshlang’ich, o’rta, oliy ta’limda doimiy darsga borish, fizik borib ko’rinish, kiyinish madaniyati joyida bo’lib (sodda aytganda: g’o’rdayib kelib ketib tursang bo’ldi, institut sendan bitta diplom qarz, shuni beradi baribir) degan tushuncha bilan bu kabi TOP universitetlarda umuman yo'q ekani. (ustida kastyum, oyog'ida shortik, hammomni tapochkasi bilan yursayam hammadan yaxshi o'qib, o'zini bahosini olib keta oladigan darajada erkinlik) [Juda endi undan oshib ketsa hay boshqa gap]
* Darsda qatnashish ixtiyoriy ekani.
Deyarli birorta darsga kelmasdan turib, imtihonda student id card bilan kirib imtihonlardan o’tish bu normal holatligi
* Yakuniy(sessiya) imtihonlarigacha 4-6 oylab bemalol yurib, 3 kun qolganda sessiyaga tayyorlanish bilan o’ta olmaslik
* Midterm exams (oraliq imtihonlarni har 1.5-2 oy oralig’ida topshirib yakuniygacha yetarli ball yig’ib, kerakli bahoni sessiyasiz ola olish
* Har bir o’tilgan mavzular studentlar ko’ra olishi uchun video dars ko’rinishida e-learning platformasiga yuklanib borishligi
* Darslardan keyin ham Professorlarning mavzuni tushunmaganlar uchun alohida dars o’tib bera olishi
* Imtihonlarda hech qanday cheating (ΡΡΡΡΡΡΠΉ) likka yo’l qo’yilmasligi va hech qaysi materialsiz o’rgangan ma’lumoti orqali javob berishi

6. Tabiat, infrastuktura
- Tabiat nuqtai-nazaridan yashillik muhiti baland ekanligi (nisbat qilib olinganda Milandan ham yana eco-friendly shaharlar juda ko’p), lekin soddda qilib asosiy farqlarini aytilsa: oyoq kiymimni 1 oyda 1 marta artdim(balki yangi ekani uchun chang tortmagandir, lekin boshqa odamlarda ham doim tabiiy toza). [Chang-g’ubor ancha past]
- Infratuzilma tomondan bemalol na'muna olish (taqqoslash) mumkin bo’lgan juda ko’p ma’lumotlar bor
* Shahar ichidagi asosiy qatnov yo’lini (Mustaqillik maydoni ko’chasidagi kenglikdagi metraj bilan bir xil deb hisoblasak: Toshkentda u yo’lda avtomobil+poyodalar yo’li qilingan faqat. Bitta tadbir bo'lib qolsa kattayu-kichkina traffikda qoladi)
Milanda bunday kattalikdagi yo’llarda (2tadan 4 ta liniya asosiy avtomobillar uchun, 2 ta tramvay,1ta metro, piyodalar yo'li + metroga ham joy yetadigan qilib bo'lib maydalab tashlangan. Massoviy aholi, transport kelib qolganda ham, hamma o'zini yo'lidan yurib, bo'linib ketaveradi. Programmaningda biz uni: Multi Process Management deymiz)
* Metro ga kirish-chiqishdagi yo'laklar, eskolatorlarda kamida 2tadan (zapaska) yo'llari qilingan. Katta massadagi aholi kirib chiqishida tirbandlikni, 1tomonlamalikni oldini olish maqsadida.
* Shaharda na svet, na gaz liniyasini ochiq muhitdan o'tganligi, birorta stolba, osilgan sim ko'rinmaydi (hammasi yer tagida trubina shahtalarida joylashtirilgan. Har piketda qopqoqli kalitli qilib yerda eshiklari bor. Bu muammo bo'lsa o'zidan o'zi hal bo'ladi degani emasdir, lekin eng keraklisi qayerda nima bo'layotganini bittada topish uchun eng optimal yechim bo'loladi) [Qayerni to'g'ri kovlashni bilishadi]
7. Xalq, odamlar
* 60 million aholining tahminan 30% ga yaqini qariyalar
* Aholining aksariyat qismi oddiy avtomobilda(kerak bo'lsa), tramvay,metro, avtobusda qatnaydi, ovqatlanishda ham paketli tejamkor ovqatlanish tartibi bilan yashaydi. Aksariyat o'rta qatlam aholisi uchun butun umr ijaradagi uyda yashash normal holat. Garchi Yalpi ichki mahsuloti +-2.5 Trillion $ Yevropa bo'yicha 4, Dunyo bo'yicha 10-o'rinda tursa ham
Nima kamchiliklari bor deb o'ylayman:
1. Shahar (o'zimiz bilan taqqoslaganda) ijarada yashash uchun qimmat ekani (o'rtacha oyiga 500-700+ euro / oyiga / odam boshiga)
2. Kriminal (Xuliganlar) chiqib turishi (Amerikada qo'liga qurol ko'tarib otib tashlaydigan darajada bo'lmasayam) avtobus metroda pulini, mayda-chuyda narsalarni olib ketish ehtimoli bor (joylashuvga qarab 100 tadan +- 4,5 ta odam)
Xulosam:
- Ideal jamiyat yo'q, ideal muhit yo'q. Kimdandir qanday bo'lishni o'rganadi odam, kimdandir qanaqa bo'lmaslikni